O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda YUNESKO konferensiyasini yuqori saviyada o‘tkazish uchun respublika barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishini aytdi.
«Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan barcha xorijiy do‘stlarimiz va sheriklarimizga YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda qadim Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risidagi tarixiy qarorni qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman»- dedi davlat rahbari.
Prezident Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi va mintaqa davlatlarining imkoniyatlarini namoyon etishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 22-noyabr kuni YUNESKO konferensiyasining 42-sessiyasi raisi Simona-Mirela Mikulesku tashkilotning navbatdagi sessiyasi mamlakatimizda o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.
Avvalroq, «Kursiv» oktabr oyida YUNESKO O‘zbekiston tashabbusi bilan axborotdan foydalanish bo‘yicha rezolyutsiyani ma’qullagani haqida xabar bergan edi.