Yangiliklar

Rasmiylar yetarli miqdorda gaz zaxirasi borligi haqida xabar berishdi

Hukumat qish mavsumiga tayyorgarlikni muhokama qildi
Foto: Csaba Nagy / Pixabay

Oʻzbekiston aholisiga joriy qish mavsumida 5 milliard kub metr gaz kafolatlanadi, yer osti omborlarida yetarli miqdorda gaz toʻplangan, deb xabar qildi prezident Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.

«Aholini va korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash maqsadida 5 milliard kub metr gazni kafolatlangan holda taʼminlash masalasi hal etildi», — deyiladi xabarda.

2023-yil boshidan buyon O‘zbekistonda bir qator elektr energiyasi ishlab chiqarish obyektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu qurilmalarning umumiy quvvati 675 megavattni tashkil qiladi.

Mamlakatda 100 ta podstansiya, 11,5 ming transformator va 34 ming tarmoq ta’mirlandi. Energetika tizimini takomillashtirishga jami 14,5 trillion so‘m sarflandi.

«Kursiv» yaqin oylarda O‘zbekistonda sakkizta elektr stansiyasi qurilishi yakunlanishini yozgan edi.