O‘zbekistonda Umra marosimini tashkil etishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar ro‘yxati e’lon qilindi. Ixtisoslashgan veb-saytda 39 ta tashkilot ro‘yxati joylashtirilgan. Ularning har biriga reyting berilgan.
Ro‘yxatga Toshkent shahrida, shuningdek, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Xorazm viloyatlarida faoliyat yurituvchi sayyohlik kompaniyalari kiritilgan.
«Kursiv» yozganidek, avgust oyida mamlakatimiz ziyoratchilarni himoya qilish bo’yicha qaror qabul qildi. Hujjatda Umra safarini tashkil etuvchi sayyohlik kompaniyalari reytingi paydo bo’lishi ko’zda tutilgan.
Qarorda marosim tashkil etish istagida bo‘lgan turoperator bajarishi shart bo‘lgan talablar ham ko‘rsatib o‘tilgan.