Xitoyda navbatdagi noma’lum kasallik tarqalmoqda

eʼlon qilindi
Bu kasallikka asosan bolalar chalinmoqda
Foto: PrimDiscovery / depositphotos.com

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Pekindan Xitoy shimolida, asosan, bolalarga taʼsir ko‘rsatadigan sirli pnevmoniya epidemiyasi haqida qo‘shimcha maʼlumot so‘radi. Bu haqda «Al Jazeera» xabar bermoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining sog‘liqni saqlash agentligi chorshanba kuni eʼlon qilgan bayonotda, JSST «respirator kasalliklarning ko‘payishi va bolalarda pnevmoniya klasterlari haqida batafsil maʼlumot olish uchun rasmiy so‘rov yubordi».

Xitoyda grippga o‘xshash kasalliklarning ko‘payishi o‘zining COVIDga qarshi strategiyasining bir qismi sifatida qatʼiy choralar ko‘rilgan oldingi uch yildagi shu davrga nisbatan ko‘paygan.  Keyinchalik Xitoy rasmiylari buni antikovid cheklovlari olib tashlanishi va maʼlum gripp viruslarining tarqalishi bilan izohlagandi.

Xorijiy nashrlar ham Xitoy shimolidagi bolalarda nomaʼlum pnevmoniya avj olgani haqida ProMed (dunyo bo‘ylab odam va hayvonlar kasalliklari tarqalishini kuzatuvchi) maʼlumotlariga asoslanib xabar berishmoqda. 

Shimoliy Xitoydagi epidemiya va ilgari Xitoy rasmiylari tomonidan eʼlon qilingan respirator infeksiyalarning umumiy o‘sishi bilan bog‘liqligi aniq emasligini taʼkidlab, JSST Pekindan vaziyat bo‘yicha batafsil maʼlumot so‘raganini aytdi.

«JSST Xalqaro sog‘liqni saqlash qoidalari mexanizmi orqali qo‘shimcha epidemiologik va klinik maʼlumotlar, shuningdek, bolalar o‘rtasida qayd etilgan ushbu klasterlardan laboratoriya natijalarini so‘radi», – deyiladi bayonotda.

JSST Xitoydagi odamlarni respirator infeksiyani yuqtirish xavfini kamaytirish uchun choralar ko‘rishga chaqirdi. Shu jumladan emlashni yangilash, boshqa odamlar bilan masofani saqlash, kerak bo‘lganda niqob kiyish va kasal bo‘lganda uyda qolish kabi.

Shuningdek