Ba’zi metro bekatlari ish vaqtini o‘zgartiradi
eʼlon qilindi
O‘zgartirishlar yangi metro bekatlarini foydalanishga topshirish bo‘yicha texnik ishlar olib borilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.

«Turon» va «Qipchoq» metro bekatlarini foydalanishga topshirish boʻyicha texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan ayrim bekatlarning ish vaqti va jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi.
25-noyabr, shanba kunidan boshlab «Texnopark» va «Yashnobod» metro bekatlari ertalab soat 06:00 dan 22:00 gacha yo‘lovchilar ixtiyorida bo‘ladi.
«Tuzel» va «Quruvchilar» bekatlarining ish vaqti soat 05:00 dan 23:00 gacha o‘zgarishsiz qoladi, biroq mazkur stansiyalar o‘rtasida bir tomonlama poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Toshkent metropolitenidagi poyezdlarni yangilash bo‘yicha topshiriq berganini yozgan edi.