Dollar kursi 12 300 so‘mdan pastga tushdi
eʼlon qilindi
Uning qiymati 8,82 so‘mga arzonlashdi
24-noyabr kuni O‘zbekiston Markaziy banki dollarning kursini 8,82 so‘mga pasaytirdi. Bugun AQSh valyutasining ortacha tortilgan qiymati 12 296,16 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatdagi tijorat banklarida dollarni 12 340 — 12 365 so‘mdan xarid qilish mumkin. Moliya institutlari esa AQSh valyutasini 12 245 — 12 305 so‘mdan sotib olishmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» 23-noyabr kuni dollar kursi 15,95 so‘mga ko‘tarilgani haqida yozgan edi.