O‘zbekistonda 2024-yilning 1-iyulidan boshlab 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan budjet loyihasida avtomobil shinalarini qayta ishlash uchun soliq joriy etish rejalashtirilmoqda.
Har bir kilogramm shinani utilizatsiya qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 0,3 foizi undiriladi — bu esa 990 so’mni tashkil etadi.
R13-R20 markali yengil avtomobil shinalarining o‘rtacha og‘irligidan kelib chiqqan holda yig‘im miqdori 6,2 ming so‘mdan 16,2 ming so‘mgacha bo‘ladi. Yuk avtomobillari uchun R16-R18 shinalari uchun to‘lov 11,3 ming so‘mdan 58,8 ming so‘mgacha bo‘ladi.
Shu tarzda yig‘ilgan mablag‘larni atrof-muhitni muhofaza qilish va O‘zbekistonni obodonlashtirish bo‘yicha «Yashil Makon» loyihasiga yo‘naltirish taklif etilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» 2035-yilga borib Toshkentda avtomobillar soni 1,3 millionga ko‘payishi haqida yozgan edi.