O‘zbekistonlik shaxmatchi Italiyada o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
eʼlon qilindi
Afruza Hamdamova g‘olib deb topildi
Afruza Hamdamova O‘zbeksiton tarixida shaxmat bo‘yicha qizlar o‘rtasida birinchi jahon chempioni bo‘ldi, deb xabar berdi Uzchess.
14 yoshgacha bo‘lgan guruhda u 2-raunddan 10-raundgacha bo‘lgan 9 partiyning barchasida g‘alaba qozondi va musobaqa tugashiga 1 tur qolganda muddatdan oldin jahon chempioni bo‘ldi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi, deb e’lon qilgan edi.