Toshkentda avtobusda 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor ushlandi
Toshkentda avtobusda 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan konduktor 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda Sukut saqlama / Nemolchi.uz xabar berdi.
Oliy sud matbuot xizmatiga ko‘ra, 22-noyabr kuni Toshkentda 115-sonli avtobusning konduktori 9 yoshli qizga shilqimlik qildi. U qizning qo‘lidan ushlab, bir o‘pishni so‘ragan.
Avtobus konduktori bo‘lib ishlovchi 32 yoshli A.X. 3 noyabr kuni 9 yoshli yo‘lovchi S.J.ning yoniga o‘tirgan. Shahvoniy shilqimlik qilib, uning qo‘lidan ushlagan.
Sud majlisida u aybiga iqror bo‘lib, sodir etgan qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan. Suddan yengil jazo berishni so‘ragan.
Jabrlanuvchining otasi J.U. konduktor qizining qo‘lidan ushlab, bir o‘pishni so‘ragani, mazkur holatdan qizi qo‘rqib ketib, keyingi bekatda tushib qolganini bayon qilgan hamda konduktorga nisbatan qonun doirasida jazo berishini so‘ragan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi A.X.ga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida jazosi tayinlandi. Shilqim konduktorga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda bolalarni zo‘rlaganlar reestri yaratilishi haqida xabar bergan edi.