Fransiya sarmoya jamg‘armasi O‘zbekistonda maktab va shifoxonalar qurilishidan manfaatdor
Parijda joylashgan Meridiam investitsiya fondi O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu boradagi muzokaralar 22-noyabr kuni boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (IMV).
Muzokaralarda IMV rahbari Jamshid Qoʻchqorov hamda Meridiam kompaniyasining Yevroosiyo boʻyicha direktori Remi Hassenforder ishtirok etdi.
Hassendorferning aytishicha, Meridiam O‘zbekiston Respublikasi hududlarida innovatsion maktablar va shifoxonalar qurish loyihalariga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar, shuningdek, transport infratuzilmasi dasturlarini, masalan, Buxoro-Samarqand va Toshkent-Andijon avtomobil yo‘llari qurilishini muhokama qildilar.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya rahbari Emmanuel Makron O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya savdo palatasini ishga tushirish va Business France agentligi vakolatxonasini ochishga kelishib olgani haqida yozgan edi.