O‘zbekistonning shimoliy hududlarida 29-noyabr kuni havo harorati kechasi 0…-5° gacha, kunduzi +5…+10° gacha tushishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Qolgan hududlarda havo harorati kechasi +2…+7°, kunduzi +10…+15° gacha bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zgidrometning qayd etishicha, 30-noyabr va 1-dekabr kunlari mamlakatga quruq ob-havo qaytadi.
Toshkent shahrida 27—28-noyabr kunlari sinoptiklar kunduzi +21…+24° bo‘lishini taxmin qilmoqda. Chorshanba kuni yomg’ir yog’ishi mumkin, havo harorati kunduzi +15…+17° gacha isishi mumkin.
30 noyabr va 1 dekabrda poytaxtda kechasi +2…+7°, kunduzi +10…+15° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda 27—29-noyabr kunlari iliq ob-havo kutilayotgani haqida yozgan edi.