Yangiliklar

O‘zbekiston janubida katta miqdorda metan chiqindilari qayd etilgan

Weather&Radar ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Unsplash


Dunyoda metan chiqindilarining eng katta manbai Oʻzbekiston janubida, neft va gaz konlari hududida qayd etilgan, deb xabar berdi Weather&Radar portali.

Parnik gazlari sizib chiqishi 2022-yilning yozida Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) o‘rnatilgan EMIT qurilmasi yordamida aniqlangan.

O’tgan yilning avgust oyidan beri EMIT 700 dan ortiq metan sizib chiqishini aniqlashga yordam berdi. Gaz chiqindilariga- chiqindixonalar, neftni qayta ishlash zavodlari va beton zavodlari kiradi.

Metan juda kuchli parnik gazidir. U yer atmosferasida oʻnlab yillar davomida saqlanib turadi va CO2 ga qaraganda issiqlikni ushlab turishda 80 marta samaraliroqdir.

Avvalroq, «Kursiv» AQSh Turkmanistonga atmosferaga metan chiqindilarini kamaytirishda yordam bermoqchi ekanini haqida xabar bergan edi.