Yuzlab Jah Khalib muxlislari qalbaki chiptalar tufayli Humo Arenada bo‘lib o‘tgan konsertiga kela olmadi

eʼlon qilindi
Faqat bitta QR kod yordamida tadbirga kirishga 115 marta urinish amalga oshirildi
Foto: david_franklin / depositphotos.com

25-noyabr kuni Humo Arenada bo‘lib o‘tgan Jah Khalib konsertida soxta chiptalar voqeasi haqida xabar beradi iTicket.uz Telegram kanali.

Qalbaki chiptalar rasmiy iTicket.uz platformasi orqali emas, balki boshqa saytlarda xarid qilingani sababli nazoratsiz navbat yuzaga keldi va yuzlab odamlar tadbirga kira olmadi.

«Faqat bitta QR kod yordamida tadbirga kirishga 115 marta urinish amalga oshirildi», — deyiladi iTicket.uz xabarida.

Kompaniya sodir boʻlgan voqeadan afsusda ekanligini bildiradi. Jah Khalib konsertiga chipta sotib olgan va tadbirda qatnasha olmagan har bir kishi pulini qaytarib olishi mumkin.

Shuningdek, kompaniya chiptalarni faqat veb-sayt yoki iTicket.uz kassasidan yoki tadbir tashkilotchilaridan xarid qilish zarurligini eslatib o‘tadi. Сhiptalarni qayta sotish yoki boshqa har qanday shaklda sotish qonun bilan taqiqlangan.

Avvalroq, Bekobod shahrida sirdaryolik shaxs qalbaki pullar bilan qo‘lga olindi, deb e’lon qilingan edi.

Shuningdek