Xitoy hukumati yangi virus paydo bo‘lishini inkor etmoqda
eʼlon qilindi
Xitoyda yuqumli kasalliklarning ko‘payishi yangi virusning tarqalishi bilan bog‘liq emas. Bu ma’lum patogenlarning ta’siri bilan bog‘liq mavsumiy hodisa. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi, deb yozadi Bloomberg.
Agentlik ma’lumotlariga koʻra, ayni paytda Xitoyda rinoviruslar, gripp va odamning respirator sinsitial virusi aylanmoqda. Pnevmoniyaning sabablaridan biri bo‘lgan mikoplazma bakteriyalari ham keng tarqalgan.
Xitoyda so‘nggi haftalarda, ayniqsa, bolalar orasida respiratorli infeksiyalar va pnevmoniya bilan kasallanish ko‘paydi.
«Kursiv» yozganidek, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti vaziyatga e‘tibor qaratdi. Tuzilma ushbu masala bo’yicha mamlakat rasmiylaridan qo‘shimcha ma’lumot so‘radi.