Endilikda “O‘zbekinvest” aksiyalarini birjada xarid qilish mumkin
«Toshkent» Respublika fond birjasi boshqarmasi («Toshkent» RFB) «O‘zbekinvest» oddiy va imtiyozli aksiyalarini 28-noyabrdan birja kotirovkalari varaqasiga qo‘shish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Kompaniya o’zining IPO ni e’lon qildi. 28-noyabrdan boshlab aksiyalarni sotib olish uchun arizalar qabul qilina boshlandi, bu jarayon 15-dekabrgacha davom etadi.
Tashkilot o’zining imtiyozli aktsiyalarini fond birjasiga joylashtiradi. Buning natijasida 20 milliard so‘mgacha mablag‘ jalb etilishi ko‘zda tutilgan. «Toshkent» fond birjasida aksiyalarning ikkilamchi savdosi 20 dekabrdan boshlanadi.
«O‘zbekinvest» sug‘urta xizmatlarining to‘liq spektrini taklif etadi (barcha 17 turlari).
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston fond bozorini yetti yil ichida 20 barobar oshirish rejalashtirilgan, deb e’lon qilgan edi.