Toshkent markazida «Sayilgo‘x» nimstansiyasidan kabel tarmog‘ining shikastlanishi sababli tutun paydo bo‘ldi, deb xabar berdi RES.
«Vaziyat bartaraf etilgunga qadar iste’molchilar butunlay boshqa tarmoqqa o‘tkazildi. Hozirda elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmagan», — deyiladi kompaniya xabarida.
Ularning qo‘shimcha qilishicha, hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Avvalroq, Toshkent metropoliteni yong‘inni elektr infratuzilmasidagi qisqa tutashuv bilan bog‘lagani haqida bayonot tarqatgan edi.
Seshanba kuni ertalab Toshkent markazidagi Moviy gumbazlar istirohat bog‘ini tutun qopladi. Shahar aholisi yoqimsiz hiddan shikoyat qildi.