Toshkentda uy muzeylari ta’mirlanadi

eʼlon qilindi
Bu haqda Saida Mirziyoyeva xabar berdi
Foto: Saida Mirziyoyevaning Telegramdagi kanali

O‘zbekiston prezidentining birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi beshta uy-muzeyga borgan. U madaniyat muassasalarining ahvoli yetarlicha yaxshi emasligiga e’tibor qaratib, ular ta’mirlanishini ta’kidladi.

Mirziyoyeva Telegramdagi kanalida ma’lum qilinishicha, bir kun avval u yozuvchilar G‘afur G‘ulom, Sergey Yesenin, Sergey Borodin, xonanda Tamara Xonum va rassom O‘rol Tansiqboyevning Toshkentdagi muzeylariga tashrif buyurgan.

«Maʼlum boʻlishicha, poytaxtdagi barcha uy-muzeylar rekonstruksiyaga muhtoj. (…) Tez orada buyuk ijodkorlar xotirasini saqlaydigan barcha madaniyat muassasalarining qiyofasini tiklash va holatini yaxshilash bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘riladi», — deb yozdi Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.

O‘zbekiston rahbari yordamchisi mamlakatdagi muzeylarni qo‘llab-quvvatlash uchun madaniy homiylik institutini rivojlantirish zarurligini qo‘shimcha qildi.

«Kursiv» avgust oyida Buxoroda jadidchilik islomiy harakati muzeyini ochish niyatida ekanliklarini yozgan edi. Ular ko‘rgazma o‘tkaziladigan binoni rekonstruksiya qilishga turkiyalik mutaxassislarni jalb qilishmoqchi bo‘lishgan.

Shuningdek