Yandex Go taksi xizmati «Saxovatli noyabr» xayriya aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi.
Yandex Go koʻmagida oʻtgan oy davomida 101 million soʻm yigʻildi. Olingan pullar O‘zbekiston xayriya tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Har bir Yandex Go foydalanuvchisi «Saxovatli noyabr» aksiyasida ishtirok etishi mumkin edi. Juma kungi sayohatlar uchun kompaniya mahalliy volontyorlarga har 10 km sayohat uchun 50 soʻmdan mukofot berdi.
Qozog‘istonda taksi xizmati mahalliy volontyorlar uchun 6 million tenge yoki 160,9 million so‘m yig‘di.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston xayriya rivojlangan 50 ta davlat qatoriga kirgani haqida yozgan edi.