Kabeldan chiqqan yong‘in natijasida Humo Arena elektr ta’minotisiz qoldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Xokkey o‘yinlari “Alpomish” muz saroyiga ko‘chiriladi
                    
                            
28-noyabr kuni «Kosmonavtlar» metro bekati yaqinida ro‘y bergan elektr kabelidagi yong‘in tufayli «Humo Arena» stadionida hamon elektr energiyasi yo‘q, deb xabar berdi «Humo» xokkey klubi matbuot xizmati.
Shu sababli 29 va 30 noyabr kunlari bo’lib o’tishi kerak bo’lgan «Humo» va «Nomad» jamoalari o’rtasidagi uchrashuv «Alpomish» muz majmuasiga ko’chirildi.
O’yin uchun barcha chiptalar o’z kuchida qoladi.
Avvalroq, «Kursiv» «Kosmonavtlar» metro bekati yaqinida kabel yong‘ini tafsilotlari haqida yozgan edi.