O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat idoralarining aholi bilan qanday muloqotda bo‘layotganini tekshiradi. Ushbu ma’suliyat Agentlikga mamlakat prezidentining 27 noyabrdagi farmoni bilan yuklangan.
Agentlik xodimlari rasmiy veb-saytlarda ko‘rsatilgan raqamlar orqali davlat xizmatlariga qo‘ng‘iroq qiladilar. Bundan tashqari, ular davlat korxonalarining elektron pochta manzillarini yangilanganligini tekshiradilar. Tashabbus «Qayta aloqaning sirli xaridori» deb nomlandi.
Shu tariqa, davlat organlarining ishonch telefonlari va call-markazlari qanchalik samarali ishlashini monitoring qilish rejalashtirilgan.
Sinovdan o‘ta olmagan korxonalarga jamoatchilik bilan ishlash sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Shu bilan birga, agentlik xodimlariga tekshirilayotgan tashkilotlarga shaxsan tashrif buyurish va bu ishga begona shaxslarni jalb qilish taqiqlanadi. Hamda «sirli xaridorlarni» qo’ng’iroqlar markazi xodimlari bilan bahsli va ziddiyatli vaziyatlarni kelib chiqarmaslikga chaqirishdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi haqida yozgan edi.