O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga oshdi
Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi besh yil ichida ikki barobarga oshdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 28-noyabr kuni Londonda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya savdo-sanoat kengashining 27-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Badriddin Obidov va Buyuk Britaniya parlamenti Davlat kotibi o‘rinbosari, eksport vaziri Malkolm Offord ishtirok etishmoqda.
Xabarga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi shu yilning 10 oyi yakuni bo‘yicha 315 mln dollarni tashkil etgan.
O‘zbekistonda Britaniya kapitali ishtirokidagi 273 ta korxona, jumladan, 162 ta qo‘shma korxona va 111 ta 100 foiz Britaniya kapitali asosida tashkil topgan korxona faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq. «Kursiv» Londonda O‘zbekistonning yangi elchisi ish boshlagani haqida yozgan edi.
.