O‘zbekistonga dronlarni olib kirish dekriminallashtiriladi
Qonunchilik palatasi deputatlari dronlarni takroran olib kirish va ulardan foydalanish uchun jinoiy jazoni yengillashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.
Kichik dronlarni birinchi marta olib kirayotgan, ishlatgan yoki saqlagan shaxslarga nisbatan jinoiy jazo o‘rniga ma’muriy jazo qo‘llash ham rejalashtirilmoqda.
Deputatlarning fikricha, ma’qullangan qonun loyihasi sayyohlarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratadi va O‘zbekistonning jahondagi nufuzini mustahkamlaydi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur hujjat joriy yilning noyabr oyi o‘rtalarida O‘zXDP fraksiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan edi.
Avvalroq, «Kursiv» Rossiyaning «Letay i smotri» kompaniyasi Navoiyda uchuvchisiz uchuvchi dronlarni ishlab chiqarishi haqida yozgan edi.