Rossiya noqonuniy migrantlarning uylanishi va mashina haydashini taqiqlamoqchi
Rossiyada noqonuniy migrantlar uchun nazorat ostida qolish tartibi joriy etilishi mumkin. Unda cheklovlar, jumladan, pul o‘tkazmalari, mashina haydash va nikohni taqiqlash ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi TASS axborot agentligi.
Mamlakatda nazorat ostida qolish tartibini joriy qiluvchi qonun loyihasi Rossiya Ichki ishlar vazirligi (MVD) tomonidan ishlab chiqilgan. Agentlik davlatda noqonuniy bo‘lgan yoki migratsiya propiskasida yolg‘on ma’lumot bergan chet el fuqarolarining huquqlarini cheklashni taklif qilmoqda.
Noqonuniy migrantlarga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatga olish, ko‘chmas mulk va transport sotib olish, haydovchilik guvohnomasi olish, nikoh qurish, pul o‘tkazish va bank hisob raqamlarini ochishni taqiqlash taklif etilmoqda.
Ichki ishlar vazirligi nazorat ostida bo‘lish rejimida bo‘lgan migrantlarning maxsus reestrini tuzish va yuritishni rejalashtirmoqda. Chet elliklar ushbu qaror ustidan shikoyat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Departament maʼlumotlariga koʻra, Rossiyada 6,4 million xorijiy fuqarolar bor.
«Kursiv» yozishicha, agar muhojirlar barmoq izlarini olish tartibidan qochsa, Rossiya Federatsiyasida qolish muddati qisqartiriladi.