10-dekabrdan boshlab Toshkent – Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar berdi «Oʻztemiryo‘lyo‘lovchi».
Joriy yilning noyabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxt va Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani ma’muriy markazi o‘rtasida temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan edi.
Flagma.uz portalining yozishicha, poytaxt bilan Sariosiyo o‘rtasidagi masofa 660 km dan ortiq.
Avvalroq, «Kursiv» Italiyaning Arsenale S.p.A kompaniyasi ko‘magida O‘zbekistonda sayyohlik poyezdi yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edi.