Toshkentda avtobus va yuk avtomobili to‘qnashdi
eʼlon qilindi
3 nafar avtobus yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan

Mersedes-Benz rusumli avtobus va yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, bugun 29 noyabr kuni soat 06:50 larda, «4-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi Mersedes-Benz rusumli va 132-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi A.S boshqaruvidagi avtobus to‘qnashgan.
Qayt etilishicha, voqea Yangihayot tumani, Binokor ko‘chasida bo‘lib o‘tgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida 3 nafar avtobus yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan. Avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.


Avvalroq, «Kursiv» avtobus va samolyot to‘qnashganini haqida xabar bergan edi.