Yangiliklar

Toshkentda chiqindilarni olib chiqish uchun tariflar oshiriladi

Fot: Unsplash

Poytaxt xalq deputatlari Kengashi chiqindilarni olib chiqish uchun tariflarni oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shunday qilib, aholi uchun maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun oylik tariflar 1,7 baravarga oshib, bir kishi uchun 7,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Davlat idoralari va korxonalari uchun ushbu xizmatlar narxlari QQSsiz 53,9 ming so‘mdan 89,9 ming so‘mgacha oshiriladi.

Bungacha O‘zbekistonning to‘rt viloyatida chiqindilarni yig‘ish uchun yangi tariflar joriy qilingan edi. Oʻzgarishlar poytaxt viloyati, shuningdek, Andijon, Samarqand va Fargʻona viloyatlariga ham t’asir koʻrsatdi.

Avvalroq, «Kursiv» Toshkentda har kuni ahlatga uch tonna non tashlanishini yozgan edi.