Yangiliklar

Dollar ikki kun ichida deyarli 35 so‘mga arzonlashdi

Bugun uning qiymati 12 280,01 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

30-noyabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 17,87 so‘mga pasaydi va 12 280,01 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki ham AQSh valyutasini shu darajada belgiladi.

Mamlakatning tijorat banklarida dollarni 12 320 – 12 360 so‘mdan xarid qilish va 12 235 – 12 290 so‘mdan sotish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 29-notabr kun Amerika valyutasining kursi 17,12 so‘mda tushgan edi. Ikki kun ichida uning qiymati 34,99 so‘mga pasaydi.