Oliy taʼlim vazirligi oʻzbek tili va adabiyot fanidan imtihon uchun Chexov va Londonni oʻqishni tavsiya qildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan «O‘zbek tili va adabiyoti» fanidan milliy attestatsiya imtihonida ishtirok etish istagida bo‘lgan abituriyentlarga mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan 40 nomdagi kitoblar ro‘yxati e’lon qilindi.
Bu roʻyxatga oʻzbek adabiyoti klassiklari asarlaridan tashqari xorijiy mualliflarning tarjimalari ham kiritilgan: Chingiz Aytmatovning «Qiyomat», «Asirga tatugilik kun», «Sarvqomat dilbarim». Jek Londonning «Hayotga muhabbat», Anton Chexovning «Garov», Nodar Dumbadzening «Hellados».
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida dissertatsiya himoyasi, harbiy kafedralarga talabalarni qabul qilish, kollej va texnikumlarda test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha onlayn translyatsiyalarni yo‘lga qo‘yishini yozgan edi.