O‘zbekistonning birinchi xonimi Qatardagi sammitda ishtirok etdi
eʼlon qilindi
Tadbir Dohada 28-29 noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Qatarda bo‘lib o‘tgan ta’lim bo‘yicha Xalqaro innovatsion sammitda (WISE) ishtirok etdi, deb xabar berdi O‘zA.
Davlatimizni birinchi xonimi Qatar Amirining rafiqasi Shayx Moza bilan ham uchrashdi. Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va madaniy almashinuv masalalari muhokama qilindi.
WISE sammiti 28-29-noyabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tdi. Sammitda 300 dan ortiq qatarlik va chet ellik ma’ruzachilar ishtirok etdi. Muhokama mavzularidan biri madaniyat va tilning ta’limga ta’siri bo‘ldi.
Avvalroq, «Kursiv» Ziroat Mirziyoyeva Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtatishga chaqirganini e’lon qilgan edi.