Xalqaro suzish federatsiyasi (World Aquatics) rossiyalik suzuvchi Ilya Sibirtsevni O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘shishga ruxsat bermadi, deb xabar bermoqda «Match TV» telekanali tashkilot matbuot xizmatiga tayanib.
«Sibirtsevning O‘zbekiston vakili bo‘lish huquqi yo‘q. World Aquatics uning sport fuqaroligini o‘zgartirish haqidagi iltimosini rad etdi», – deya federatsiya matbuot xizmatidan iqtibos keltirmoqda telekanal.
Sibirtsev 22 yoshda, u o‘smirlar o’rtasidagi 2019-yilgi Yevropa chempioni, 2019-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining kumush va bronza medali sovrindori. Hozirda AQShda istiqomat qiladi va shug‘ullanadi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida rossiyalik uch nafar sportchi – suvga sakrash bo‘yicha Igor Myalin, Vyacheslav Kachanov va velosportchi Nikita Tsvetkov 2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgani haqida e’lon qilgan edi.