Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari chakana kreditlashni rag‘batlantiradi va O‘zbekistonda bank aktivlari sifatini oshiradi, deyiladi S&P Global Rating hisobotida.
Agentlik tahlilchilariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti keyingi uch yilda yiliga 5,4 % o‘sadi.
«Oʻzbekiston pul oʻtkazmalarining kutilganidan koʻra kuchliroq kelishidan, birinchi navbatda, Rossiyadan foyda koʻrdi», — deyiladi hisobotda.
Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishiga Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo davlatlariga mahsulot yetkazib berishning ko‘payishi ta’sir ko‘rsatdi.
«O‘zbekiston banklari Rossiyaning retsessiyasi yoki Rossiya kompaniyalariga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalardan o‘zlarining cheklangan risklari tufayli jiddiy ta’sir ko‘rsatmadi. 2022-yilda kuzatilgan kuchli kapital oqimi 2023-yilda asta-sekin normallashadi. Biroq, bu sektor uchun jiddiy xavf tug‘dirishiga ishonmaymiz», — dedi S&P.
Yangi kreditlar ko‘payishi bilan aktivlar sifati yaxshilanadi va kredit xarajatlari «2023-2024- yillarda 2% -2,2% yo’nalishida» pasayishi mumkin. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) bo‘yicha umidsiz kreditlarning ulushi 5,5% -6,5% bo‘ladi.
Makroiqtisodiy sharoitlar va chakana kreditlarga kuchli talab tufayli kreditlash 2023-2024-yillarda 20% -25% gacha o‘sadi. S&P ekspertlari 2024-yilda O‘zbekistonda avtokreditlarning agressiv o‘sishi sekinlashishini kutmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda joriy yilda iqtisodiy o‘sish 5,6 % o‘sishi kutilayotgani haqida yozgan edi.