Yangiliklar

Toshkent hokimligi: “Ajdodlar xotirasi” memorialiga yaqinlashish va uni tomosha qilishda hech qanday to‘sqinliklar yo‘q

Poytaxt rasmiylari memorialga kirish to‘sib qo‘yilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi
Foto: O‘zbekiston raqamli texnologialar vazirligi

Toshkent hokimligi «Yangi O‘zbekiston» istirohat bog‘idagi «Ajdodlar xotirasi» yodgorligi to‘sib qo‘yilganini rad etdi.

«Shahrimiz aholisi va mehmonlariga “Yangi O‘zbekiston» bog‘iga borish, undagi «Ajdodlar xotirasi» memorialiga yaqinlashish va uni tomosha qilishda hech qanday to‘sqinliklar yo‘qligini ma’lum qilamiz.”, — deyildi poytaxt hokimiyati xabarida.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda bog‘ qo‘riqchisi bosh vazir buyrug‘i bilan tashrif buyurganlarning yodgorlikka yaqinlashishi taqiqlangani aytilgan video tarqaldi.

Poytaxt hokimiyati «Yangi O‘zbekiston» xodimlarini tekshiruvdan o‘tkazayotganini ta’kidladi.

Avvalroq, «Kursiv» Zarafshon milliy bog‘ida o‘ndan ortiq noqonuniy binolar buzilgani haqida yozgan edi.