Amerikaning texnologiya giganti Apple kompaniyasi dunyodagi eng yirik investitsiya banklaridan biri Goldman Sachs bilan hamkorlikni to’xtatmoqchi. Tomonlar endi kredit kartalari yo’nalishini ishlab chiqmaydi, deb ma’lum qildi The Wall Street Journal (WSJ).
Manbalarning WSJ’ga ma’lum qilishicha, Apple Goldman Sachs’ga shartnomani bekor qilish taklifini yuborgan. Ular buni 12-15 oy ichida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Gadjet ishlab chiqaruvchisi yangi emitentni tanlagan-tanlagani noma’lum.
Nashrning yozishicha, Apple Goldman Sachs bilan barcha qo‘shma dasturlarni tugatishni rejalashtirmoqda. Bularga kredit kartalari va jamg’arma hisoblari sohalari kiradi. Ushbu tashabbuslar mos ravishda 2019- va 2023-yillarda amalga oshirila boshlandi.
Apple kompaniyasining Goldman Sachs bo’yicha rejalari so’nggi 12 oy ichida keskin o’zgardi. 2022-yilda texnologiya giganti bank bilan hamkorlikni keyingi yetti yilga uzaytirish niyatini e’lon qildi.
Nashr vaziyatni har ikki tomon uchun ham omadsizlik deb baholaydi. Goldman Sachs bilan hamkorlik qilish orqali o’z biznesini diversifikatsiya qilmoqchi bo’ldi, Apple gadjetlar sotuvining sekinlashuviga dosh berishga harakat qildi.
Goldman Sachs – Amerika moliyaviy konglomerati. Investitsiya banki, qimmatli qog’ozlar savdosi va investitsiya boshqaruvi bilan shug’ullanadi. Bank 1869-yilda tashkil topgan.
«Kursiv»ning yozishicha, oktabr oyida Goldman Sachs 2023=yilning uchinchi choragida foydaning 33 foizga pasayishini e’lon qilgan.