Amerika orzusidagi fuqarolarni aldagan shaxslar qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumot berdi
Foto: nialowwa / depositphotos.com

Amerikaga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlariga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX). Unga ko‘ra, DXX xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahrida yashovchi shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirgan. Meksika davlati orqali AQSHga yuborishni vaʼda qilgan. Bu uchun 25 ming AQSH dollari talab qiladi. Mazkur shaxs hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Pastdarg‘om tumanida yashovchi shaxs Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi tanishi bilan kelishgan. Ular mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Turkiya-Armaniston-Nikaragua-Meksika yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishni vaʼda qilgan. Buning evaziga 23 ming AQSH dollari talab qiladi. Ammo, ular oldindan 12 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ushlangan.

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Andijon tumanida yashovchi shaxs Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Amerikaga yuborishni vaʼda qilgan. Buning evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek