Mirziyoyevni Dubayda qanday kutib olishdi
eʼlon qilindi
O‘zbekiston rahbari BMT konferensiyasida ishtirok etish uchun BAAga keldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Dubayga keldi. Davlatimiz rahbarini aeroportda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazrui kutib oldi, deb xabar qildi Mirziyoyev matbuot xizmati.
O‘zbekiston rahbari 1-dekabr, juma kuni BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish niyatida. Mirziyoyev maʼruza qilishi kutilmoqda.
«Kursiv» yozganidek, prezident Dubayga tashrifidan oldin Bokuga safar qilgan.