
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Dubayga keldi. Davlatimiz rahbarini aeroportda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazrui kutib oldi, deb xabar qildi Mirziyoyev matbuot xizmati.
O‘zbekiston rahbari 1-dekabr, juma kuni BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish niyatida. Mirziyoyev maʼruza qilishi kutilmoqda.
«Kursiv» yozganidek, prezident Dubayga tashrifidan oldin Bokuga safar qilgan.


