O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida besh pog‘onaga ko‘tarildi
O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning yangi reytingida besh pog‘onaga ko‘tarilib, 68-o‘rinni egalladi, deb xabar berdi FIFA.
Bu 1345,26 ochko jamg‘argan jamoaning 2018-yildan beri eng yaxshi natijasidir. JCh—2026 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonni 3:1 hisobida mag‘lub etib, Eron bilan durang o‘ynadi – 2:2.
Osiyoda Srechko Katanes shogirdlari Ummonni ortda qoldirib, 9-o‘rinni egalladi. Qit’adagi kuchli beshlikdan Yaponiya (17), Eron (21), Janubiy Koreya (23), Avstraliya (25) va Saudiya Arabistoni (56) qoldi. Argentina jahon reytingida hamon peshqadamlik qilmoqda, Fransiya va Angliya mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda.
Avvalroq, «Kursiv» Paxtakor O‘zbekiston chempioni, deb xabar bergan edi.