Noyabr O‘zbekistonda g‘ayritabiiy issiq bo‘ldi: kunduzi havo harorati me’yordan 6-8 daraja yuqori edi. Shu sababli Toshkent viloyatida olxo‘ri va bodom daraxtlari gullay boshladi, deb xabar berdi EastFruit portali.
Oy oxirida ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida gullagan bodom suratlari paydo bo‘ldi. Ayni paytda OAVda O‘zbekiston poytaxtida olxo‘ri gullari ochilayotgani haqida xabarlar tarqala boshladi.
Noyabr oyida Toshkent shahrida oʻrtacha harorat kunduzi +19, kechasi esa +8 boʻlgan. Bu ko’rsatkichlar kunlik iqlim normasidan olti-sakkiz darajaga, kechasi esa ikki-toʻrt darajaga oshadi.
Bir kun avval «Kursiv» dekabr oyida O‘zbekiston aholisini qanday ob-havo kutayotgani haqida yozgan edi.