Yangiliklar

O’zbekistonda eng arzon palov qayerda

Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra
Foto: Piqsels

O‘zbekiston viloyatlari orasida eng arzon palov Namangan viloyatida – bir porsiyasi 20 ming so‘m, deya xabar berdi Statistika agentligi.

Palov narxi past bo‘lgan viloyatlar uchligiga Farg‘ona viloyati – 21,3 ming so‘m va Navoiy viloyati – 22,8 ming so‘m kirdi.

Bu taomning eng yuqori narxi Toshkent shahrida – 29 ming so‘m va Buxoro viloyatida – 28,2 ming so‘m.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yil oktabr oyida Qoraqalpog‘istonda palov narxi 10 foizga oshgani haqida yozgan edi.