Yangiliklar

Qishning birinchi kunida dollar 20 so‘mga qimmatlashdi

AQSh valyutasining qiymati 12 300,09 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

1-dekarb kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 20,08 so‘mga ko‘tarildi. Bugun Amekira valyutasining kursi 12 300,09 so‘mni tashkil qildi.

Respublika tijorat banklari dollarni 12 220 – 12 280 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 330 – 12 360 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh valyutasining qiymati o‘tgan ikki kun davomida pasayib kelayotgan edi. 29-noyabr kuni dollar 17,12 so‘mga, 30-noyabr esa 17,87 so‘mga arzonlashgan edi.