Tax Free O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlarida paydo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Hozirda savdo tizimi beshta shaharning havo bandargohlarida ishlamoqda
Foto: Uzbekistan Airports

Tax Free tizimi yaqin kunlarda Oʻzbekistonning barcha 11 xalqaro aeroportida paydo boʻladi, deb xabar qildi Uzbekistan Airports kompaniyasi.

Hozircha faqat Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlaridagi yo‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishi mumkin.

Tizim O‘zbekistonda esdalik sovg‘alarini sotib olgan xorijliklarga vataniga uchib ketayotganda QQSning 90 foizini qaytarish imkonini beradi. Umumiy xarid summasi kamida 1 million so‘m bo‘lishi kerak. Mablag’lar ariza beruvchilarning bank kartalariga o’tkaziladi.

«Kursiv» O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida Duty Free do‘konlarini ochishni rejalashtirganini yozdi.

Shuningdek