Markaziy ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashish holatini yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli tezkor-profilaktika tadbirlari oʻtkazilmoqda, deb xabar qildi boshqarma matbuot xizmati.
«Hurmatli fuqarolar! Iltimos, xavfsizlik qoidalariga rioya qiling. Amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar shahrimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan», — deyiladi ichki ishlar boshqarmasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Uznetda poytaxtda ko‘cha to‘dalari va jinoiy guruhlarni qo‘lga olish kampaniyasi boshlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Avvalroq, «Kursiv» Mirzaakbar Madumarov Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boshqarmasiga rahbarlik qilgani haqida yozgan edi.