Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati poytaxt aeroportida SIM-kartalarni sotish platformasini onlayn-auksionga qoʻydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
Xonani ijaraga olish mumkin, u jo’nash zalining «steril» maydonida ikkinchi qavatda joylashgan. Boshlang‘ich qiymati – yiliga 15,8 mln.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida Uzbekistan Airports yettita savdo maydonchasini kim oshdi savdosiga qo‘ygan edi. Xususan, kompaniyaga kofe burchagi, zaryadlovchilar uchun maydon ochish va savdo avtomatlarini o‘rnatish uchun ijarachilar qidirilmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkent aeroportida kutib olish uchun pavilyon ochilgani haqida yozgan edi.