Farg‘ona viloyatida “Zarbdor 40 kunlik” aksiyasi doirasida 50 dan ortiq fuqaro qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Ular orasida MMA jangchisi ham bor
Foto: Farg‘ona IIB rsmiy telegram-kanali

O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida «Zarbdor 40 kunlik» tadbiri doirasida 70 ga yaqin jinoyat fosh etildi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 100 dan ortiq tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazilib, 50 dan ortiq shaxs qoʻlga olindi, deb xabar berdi viloyat IIB rasmiy Telegram-kanalida.

Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat sodir etib, tergov organlaridan yashirinib yurgan 37 nafar shaxs ushlandi. 22 nafar jinoiy guruh a’zosi ham qoʻlga olindi.

Hisobotda hibsga olinganlardan ba’zilarining ismlari oshkor qilingan. Shunday qilib, huquq-tartibot idoralari xodimlari MMA jangchisi X.To‘xtamurodovning qo‘lga olingani haqida xabar berishdi. Sportchi «o‘z atrofiga operativ vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatgan odamlarni to‘plaganlikda» ayblanmoqda. Bu jinoiy guruh Qo‘qon shahrida ikki fuqaroga tan jarohati yetkazganlikda ham ayblangan.

Bundan tashqari, viloyat IIB «uyushgan guruhga rahbarlik qilib, fuqarolardan tovlamachilik bilan shug‘ullangan» A.Mamirov qo‘lga olingani haqida ma’lum qildi.

Aksiya davomida tezkor xodimlar tomonidan 4,7 kg giyohvandlik vositalari va 40 dan ortiq qurol-yarog‘ musodara qilindi.

Avvalroq, «Kursiv» «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev O‘zbekiston poytaxtida hibsga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek