IIBB: “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev hibsga olindi

Oʻzbekiston poytaxtida «Baxti Tashkentskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev qoʻlga olindi, deb xabar qildi Markaziy Ichki ishlar bosh boshqarmasi.
U juda katta miqdorda tovlamachilik, shuningdek, giyohvandlik vositalarini noqonuniy ishlab chiqarish va saqlashda gumon qilinmoqda.
U bilan birga Dilshod Sharipov va Anvar Mirzaxonovlar tovlamachilikda ayblanib, hibsga olindi.


Boshqarma ularning xatti-harakatlaridan jabrlanganlarni 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102, yoki Telegram’dagi 99-370-73-94 raqamlari orqali Markaziy ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilishga chaqirdi.
Eslatib oʻtamiz, 2-dekabr, shanba kuni Markaziy ichki ishlar boshqarmasi Saidaziz Saidaliev («Saidaziz Medical City») hibsga olingani haqida xabar bergan edi.