ITIM: O‘zbekistonda yillik iqtisodiy o‘sish 5,4-5,6% oralig’ida bo’lishi prognoz qilinmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻrta muddatli tendentsiyalardan yuqori oʻsdi va oʻsish surʼati 5,8 foizni tashkil etdi.
Mamlakatda yillik iqtisodiy o‘sish 5,4-5,6 % oralig’ida bo’lishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, aholi iste’moli va investitsiyalar hajmining o‘sishi mos ravishda 4,8 va 7,6 % tashkil etadi.
Oktabr oyi holatiga milliy valyutaning pul massasidagi ulushi 77 %, chet el valyutasidagi depozitlarning ulushi 23 % tashkil etdi.
Savdo shartlari pasayishda davom etdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,5 % yomonlashgan, 2018-yildan esa 11,2 % kamaygan.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston sanoati yuksalishda davom etmoqda. Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat 5,7 % o‘sgan bo‘lsa, bir yil avval bu ko‘rsatkich 5,3 % edi.
Joriy yilning 9 oyida ishlab chiqarish sanoati 6,4 % o‘sdi. Suv ta’minoti, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmoqlarida ham o‘sish kuzatilmoqda.
Joriy yilning noyabr oyida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi iqtisodiy faollikning pasayishi xatarlari haqida hisobot bergan edi.
«Oʻzbekiston Respublikasining asosiy savdo hamkorlari oʻrtasida iqtisodiy faollikning pasayishi, shuningdek, pul oʻtkazmalarining qisqarishi xavfi mavjud. Bu omillar O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlariga ta’sir qilishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Biroq yalpi ichki mahsulotning o‘sishi hukumatning iqtisodiy siyosati, boshqa mamlakatlar bilan barqaror savdo, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida hosildorlikning oshishi bilan prognoz berildi.