Sobiraxon Shaxobiddinova o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yana uch nafar bokschilarimiz kumush medallari soxiblariga aylanishdi
Foto: serezniy / depositphotos.com

Armaniston poytaxtida bo‘lib otayotgan o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha JCh Sobiraxon Shaxobiddinova oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi O‘zbekiston boks federatsiyasi.

Vakilimiz Hindiston bokschisi Prachi Tokasni mag‘lub etdi va shoxsupaga ko‘tarildi. Maftuna Musurmonova, Maftuna Yangiyeva, Xikmatillo Ulmasov kumush medallari bilan taqdirlandi.

Bugun yana uch nafar bokschilarimiz final bosqichida jang o‘tkazishadi.

Avvalroq, «Kursiv» Armanistonda o‘smirlar o‘rtasida boks boyicha JCh start beriladi, deb e’lon qilgan edi.

Shuningdek