O‘zbekiston yo‘l uzunligi bo‘yicha MDHda to‘rtinchi o‘rinni egalladi

eʼlon qilindi
Bu haqda mamlakat statistika agentligi ma’lum qildi
Foto: Piqsels

Oʻzbekistonda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining uzunligi 42 ming kilometrdan oshdi. Mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha MDH davlatlari orasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi Respublika Statistika agentligi.

Reytingda birinchi o‘rinni Rossiya egalladi. Rossiya Federatsiyasida yo’llarning uzunligi 1,6 million km. Birinchi uchlikka Belarus (104 ming km) va Qozog‘iston (94 ming km) ham kirdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida xalqaro aeroport va Bobur ko‘chalarini bog‘lovchi ko‘cha mustahkamlik bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. Buning uchun to’rtta harbiy tank ushbu yo‘l bo’ylab yurdi. Yukning umumiy og’irligi 300 tonnani tashkil etdi, bu ruxsat etilgan chegaradan ko’p. Biroq, ob’ekt sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi.

Avvalroq «Kursiv» Qozog‘iston Beyneu-Shalkar avtomobil yo‘lini qurishi haqida yozgan edi. U Qozog‘istonning g‘arbiy viloyatlarini O‘zbekiston bilan bog‘laydi.

Shuningdek