O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi importi mamlakatdagi obyektlarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish ishlaridan so‘ng normal darajaga qaytdi, deb xabar berdi Da Afghanistan Breshna Shirkat (DABS), Pajhwork Afghan News nashri.
Yakshanba kuni DABS O‘zbekistondan Kobul va unga yaqin viloyatlarga kechgacha elektr energiyasi importini 50 foizga qisqartirishini e’lon qildi.
O‘zbekiston qo‘shni davlatga 2002-yildan beri elektr energiyasi yetkazib bermoqda. 2023-yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi kelgan sovuq havo va issiqlik elektr stansiyalarini yoqilg‘i bilan ta’minlashdagi qiyinchiliklar tufayli eksport to‘xtatilgan edi.