Farg‘ona viloyatida 2,8 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to‘xtatilgan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) xabar berdi.
O‘zenergoinspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda qator reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanining Bog‘ibo‘ston mahallasida faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJ o‘zboshimchalik bilan elektr hisoblagichga tashqi taʼsir ko‘rsatgan. Mayning qurilmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelgani aniqlangan.
Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, fuqaro M.A. tomonidan tizimga 2,8 mlrd so‘mlikdan ziyod zarar yetkazilgan.
Avvalroq, «Kursiv» Surxondaryoda noqonuniy mayning-ferma aniqlangani haqida xabar bergan edi.